O‘zbekistonlik o‘smirlar Paragvayni mag‘lub etdi
O‘zbekiston o‘smirlari JChda Paragvayni mag‘lub etdi.
Bugun, 5-noyabr kuni Qatarning Doha shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ilk o‘yinda Paragvayni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu uchrashuvda Azizbek Abdumo‘minov 2 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa,raqib jamoadan Alan Ledesma penaltidan gol urib hisobni qisqartirdi.
Endilikda Irlandiya - O‘zbekiston uchrashuvi 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tsa, O‘zbekiston - Panama o‘rtasidagi o‘yin 11 noyabr kuni o‘tkaziladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter