Shomurodov Turkiya chempionatining eng yaxshi futbolchisiga aylandi
Eldor Shomurodov («Istanbul Bashakshehir») Turkiya chempionatida gol+pas bo‘yicha yaqqol peshqadamga aylandi.
Kecha, 17-turda Istanbulda «Gaziantep»ga qarshi o‘yindagi yirik g‘alabaga (5:1) u 1 gol va 1 assisti bilan hissa qo‘shdi. Shu tariqa gollari 12 taga, assistlari 3 taga yetdi. Chempionatda «Bashakshehir» kiritgan jami 27 ta golning 15 tasida u bevosita qatnashgan.
Marko Asensio («Fenerbahche») hisobida 8 gol va 5 assist bor. Pol Onuachu («Trabzonspor») esa 11 gol va 1 assistga erishgan.
Yana bir yurtdoshimiz Abbosbek Fayzullayev ham «Gaziantep»ga qarshi ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. U bir gol urishdan tashqari, yo‘llagan zarbasidan so‘ng raqib futbolchisi avtogol urib qo‘ydi.
Yirik g‘alabadan so‘ng «Istanbul Bashakshehir» turnir jadvalida 7-o‘ringa ko‘tarildi (23 ochko).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter