U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston – Eron o‘yinida hisob ochilmadi
Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi (U-23) davom etmoqda.
B guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Eron milliy jamoalari o‘yinida 0:0 hisobida durang qayd etildi.
Guruhdagi so‘nggi uchrashuv oldidan Ravshan Haydarov jamoasining ochkolari soni 4 taga yetib, 1-o‘rindagi Janubiy Koreya bilan tenglashib oldi. Eron — uchinchi o‘rinda (2 ochko).
13-yanvar kuni o‘zbekistonlik futbolchilar janubiy koreyalik tengqurlari bilan keyingi bosqich masalasini hal qiluvchi o‘yinni o‘tkazadi.
U-23 Osiyo kubogi. 2-tur
Eron U-23 – O‘zbekiston U-21 0:0


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter