Investitsiyalar: tiklanuvchi energiya manbalari neft va gazni ortda qoldirdi (infografika)
Xalqaro energetika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilda jahon miqyosida energetika sohasiga investitsiyalar 3,4 trln dollarga yetishi kutilmoqda.
Eng muhim trend — bu mablag‘larning eng katta qismi tiklanuvchi energiya manbalari (TEM)ga yo‘naltirilayotganidir. Agar 2015-yilda TEMga 368,3 mlrd dollar sarflangan bo‘lsa, 2026-yilda bu ko‘rsatkich qariyb ikki barobar oshib, 694,1 mlrd dollarga yetdi. Shu tariqa TEM investitsiyalarni jalb qilishda neft (496,4 mlrd dollar) va gaz (449,1 mlrd dollar) sohalarini ortda qoldirdi.

Umuman olganda, 3,4 trln dollarlik investitsiyalarining qariyb 2,2 trln dollari toza texnologiyalarga to‘g‘ri keladi. Bunga TEMdan tashqari, energiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish (541,3 mlrd dollar), elektrlashtirish (391,2 mlrd dollar), energiya samaradorligini oshirish (365,5 mlrd dollar), energiyani saqlash tizimlari (106,4 mlrd dollar), atom energetikasi (82,8 mlrd dollar) va past emissiyali yonilg‘ilar (34,3 mlrd dollar)ga yo‘naltirilgan investitsiyalar ham kiradi.
Neft, gaz va ko‘mirni o‘z ichiga olgan an’anaviy energetika sektorlariga jami 1,2 trln dollar atrofida sarmoya yo‘naltirilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter