Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlarga kirish test sinovlari yakunlandi. O‘quv muassasasini qachon tanlash mumkin?

OTMlarga kirish test sinovlari yakunlandi. O‘quv muassasasini qachon tanlash mumkin?

Foto: Bilim va malakalarni baholash agentligi

23-iyul kuni davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul test sinovlari yakunlandi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, test sinovlarining so‘nggi — o‘ninchi kunida respublika bo‘yicha rejalashtirilgan 45 ming 520 nafar abituriyentdan 45 ming nafardan ortig‘i ishtirok etgan. Ushbu kunda test topshirish tartibini buzganlar qayd etilmagan.

O‘n kun davom etgan test sinovlarida jami 664 ming 609 nafar abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan 610 ming nafardan ortig‘i imtihonlarda qatnashgan. Test sinovlari qoidalarini buzgan 70 nafardan ortiq abituriyent esa jarayondan chetlatilgan.

Ma’lum qilinishicha, test sinovlarining 10-kun natijalari 24-iyul kuni e’lon qilinadi. Shundan so‘ng abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar ikkinchi bosqich tanlovida ishtirok etib, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim yo‘nalishlari, ustuvorliklar va ta’lim shakllarini tanlashi mumkin.

Yakuniy mandat natijalari esa ikkinchi bosqich tanlovi yakunlanganidan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring