Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz Namanganda innovatsion ofisini ishga tushirdi

Mobiuz Namanganda innovatsion ofisini ishga tushirdi

Mobiuzning Namangandagi yangilangan Xizmat ko‘rsatish markazi viloyat aholisi va mehmonlariga raqamli yechimlardan maksimal darajada foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Mobiuz innovatsiyalarga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bu uning rivojlanishi va telekommunikatsiya bozoridagi yetakchiligining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Kompaniya strategiyasi O‘zbekistonni raqamlashtirish davlat dasturi bilan uzviy bog‘liq. U odamlarni birlashtiruvchi hamda hayot, ish va biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratuvchi raqamli xizmatlarni joriy etish tamoyillariga asoslangan.

Mobiuz’ning yangilangan Xizmat ko‘rsatish markazi Namangan shahrining qulay va oson borish mumkin bo‘lgan hududida joylashgan. U mijozlarga xizmat ko‘rsatish va raqamli transformatsiyaning zamonaviy standartlarini inobatga olgan holda ta’mirlagan. Ofis yorqin korporativ ranglar va zamonaviy dizayndan foydalangan holda kompaniyaning o‘ziga xos uslubida bezatilgan bo‘lib, qulaylik va texnologik muhitni yaratadi.

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida maxsus kutish zonalari, dolzarb yangiliklar va aksiyalar aks etgan axborot panellari, shuningdek, maslahat berish va xizmatlarni rasmiylashtirish uchun alohida joylari mavjud.

Markaz elektron navbatni boshqarish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, bu xizmat ko‘rsatish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi va kutish vaqtini minimallashtiradi. Ofis xodimlari yangi tariflar, internet-to‘plamlarni tez va samarali ulash, texnik yordam ko‘rsatish imkonini beruvchi zamonaviy uskunalar va yechimlardan foydalanmoqda.

Yangi ofis maydonining asosiy afzalliklaridan biri Mobiuz’ning innovatsiyalar bilan kelajak sari intilish vazifasini aks ettiruvchi yangi raqamli xizmatlar va texnologiyalarning integratsiyasi bo‘ldi. Kompaniya ofisidan boshlab yangi abonentlar aloqaning yuqori darajadagi tezligi va barqarorligini, jumladan, 5G tarmog‘iga ulanishni his qilishlari mumkin. Tarmoq Farg‘ona vodiysi shaharlarida, jumladan, Namangan shahri hududida muvaffaqiyatli ishga tushirilgan.

Ochilish munosabati bilan bayram aksiyalari, viktorinalar va yutuqli o‘yinlar tashkil etildi, birinchi mijozlar esa esdalik sovg‘alari va maxsus bonuslarga ega bo‘ldilar. Bu esa qo‘shimcha jozibadorlik yaratib, yangi xizmatlardan faol foydalanishga undaydi.

Namangandagi Xizmat ko‘rsatish markazi rahbari Olimjon Mirzayev ochilishning ahamiyatini ta’kidladi: "Bu markaz shunchaki mijozlarga xizmat ko‘rsatish joyi emas, balki viloyatimizning haqiqiy raqamli markaziga aylandi. Biz Namanganning har bir fuqarosi va mehmoniga nafaqat sifatli aloqa xizmatlarini, balki eng so‘nggi texnologiyalar, jumladan, 5Gdan foydalanish imkoniyatini ham taklif etmoqdamiz. Raqamli infratuzilmaning rivojlanishi bilan bizning oldimizda o‘sish va innovatsiyalar uchun katta istiqbollar ochilmoqda, bu esa raqamli davrda Namangan viloyatimiz bir qadam oldinda bo‘lishiga imkon beradi."

Namangandagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi - bu innovatsiyalar qulaylik va mijozga yo‘naltirilgan yondashuv bilan uyg‘unlashgan zamonaviy makon bo‘lib, Farg‘ona vodiysi raqamli ekotizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi.

Namangan shahridagi yangilangan Xizmat ko‘rsatish markazi manzili: Nodira ko‘chasi, 1-uy. Ofis har kuni, dam olish kunlarisiz ishlaydi: dushanbadan jumagacha - soat 8:00 dan 19:00 gacha, shanba va yakshanba kunlari esa soat 9:00 dan 18:00 gacha. Joylashuv: https://yandex.uz/maps/org/114509097091.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring