Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «xorijga ishga yuboruvchi» firibgarlar ushlandi

Namanganda «xorijga ishga yuboruvchi» firibgarlar ushlandi

Namangan shahrida xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahri bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro M.A. fuqarolar M.S. va A.K.ning ishonchiga kirib, 2 000 AQSh dollari evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Boshia bir holatda esa fuqaro R.M. fuqaro M.B.ni 40 mln so‘m evaziga Slovakiya davlatiga ishga yuborishi uchun kelishilgan pullar hisobidan 600 AQSh dollari va 2,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring