Ucell ketma-ket ikkinchi yil O‘zbekistonda mobil internet tezligi bo‘yicha yetakchi deb topildi

Ucell kompaniyasi ketma-ket ikkinchi marta Ookla Speedtest xalqaro platformasi natijalariga ko‘ra mamlakatdagi eng yaxshi mobil internet tezligi uchun mukofotni qo‘lga kiritdi. Mukofotni Ookla vakillari — mahsulot bo‘yicha katta vitse-prezident Hamdi Farid va sotuvlar bo‘yicha direktor Viktor Zen topshirdi.
Reytinglarni shakllantirishga asos bo‘lgan Speedtest metodologiyasi Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) tomonidan tan olingan va BMT, shuningdek, O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligining hisobotlarida qo‘llaniladi. Bu natijalarning xalqaro miqyosda xolis va qiyoslanadigan bo‘lishini ta’minlaydi.
Ucell xizmat ko‘rsatish sifati, tarmoqni rivojlantirish va innovatsion aloqa xizmatlariga alohida e’tibor qaratgan holda mamlakatning texnologik yetakchisiga aylanish sari harakatni davom ettirmoqda.
Reklama
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter