Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

12 davlat Isroil bosib olgan yerlarda yetishtirilgan mahsulotlarga savdo cheklovi joriy etmoqchi

12 davlat Isroil bosib olgan yerlarda yetishtirilgan mahsulotlarga savdo cheklovi joriy etmoqchi

Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya va Kanadani ham o‘z ichiga olgan 12 davlat G‘arbiy Sohildagi Isroil aholi punktlaridan keladigan mahsulotlarga savdo taqiqlari joriy etishini ma’lum qildi.

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Ed Milibandning aytishicha, mamlakat okkupatsiya qilingan hududlardagi noqonuniy aholi punktlaridan keladigan tovarlar importini taqiqlaydi.

«Britaniya jamoatchiligi do‘kon va supermarketlarda bunday mahsulotlarni qabul qilish orqali okkupatsiyani qo‘llab-quvvatlashni xohlamaydi, deb o‘ylayman», – degan u.

Shuningdek, u noqonuniy aholi punktlarini moliyalashtirish yoki ularga vositachilik qilishda ishtirok etgan shaxslar Buyuk Britaniya sanksiyalariga duch kelishi mumkinligini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring