Afsonaviy aktyor va jang san’ati ustasi Chak Norris vafot etdi
Amerikalik mashhur kinoaktyor va jang san’ati ustasi Chak Norris 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oilasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor vafotidan bir kun oldin shifoxonaga yotqizilgan. Ammo o‘lim sabablari hozircha ochiqlanmagan.
Oilasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan bayonotda shunday deyilgan:
«Butun dunyo uchun u jang san’ati ustasi, aktyor va kuch ramzi edi. Biz uchun esa u sadoqatli turmush o‘rtoq, mehribon ota va bobo, ajoyib aka va oilamizning yuragi edi».
Chak Norris Gollivuddagi mashhur aktyorlardan biri bo‘lib, ayniqsa jangari janrdagi filmlari bilan tanilgan. U «Walker, Texas Ranger» seriali orqali ham keng ommaga mashhur bo‘lgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter