Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«AQSh diktatorlarni nima qilishni biladi...» – Zelenskiy Maduro haqida

«AQSh diktatorlarni nima qilishni biladi...» – Zelenskiy Maduro haqida

Ukraina prezidenti Qo‘shma Shtatlarning Venesuelaga hujumi va Nikolas Maduro va rafiqasi Sili Floresnining hibsga olinishi haqida munosabat bildirib, bu «diktatorlar bilan to‘g‘ri muomala qilishning namunasi» ekanini aytdi.

«Men nima ham derdim. Agar diktatorlar bilan shunday muomala qilish mumkin bo‘lsa, demak AQSh keyingi qadamini ham yaxshi biladi», – dedi Zelenskiy Kiyevda jurnalistlar bilan brifingda.

Zelenskiy bu gapi bilan hech kimning nomini tilga olmagan bo‘lsa-da, Ukraina ommaviy axborot vositalari bu Putinga ishora ekanini bildirmoqda.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning Florida shtatidagi matbuot anjumanida davlat kotibi Marko Rubio Maduroga qarshi amaliyot boshqa davlatlar uchun ham ogohlantirish ekanini, amerikaliklarning fikrlarini jiddiy qabul qilish lozimligini bildirgandi.

Avvalroq Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiga mamlakat saylovni soxtalashtirgani va namoyishchilarga kuch ishlatgani uchun Nikolas Maduro rejimi tan olinmasligini bildirgan edi. «Biz kelgusi aloqalarimizni inson huquqlari, demokratiya va venesuelaliklar qiziqishini inobatga olib, xalqaro huquq asosida olib boramiz», – deb yozgan edi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring