Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maduro ustidan mahkamaga 92 yoshli sudya raislik qiladi

Maduro ustidan mahkamaga 92 yoshli sudya raislik qiladi

Foto: Ynetnews

AQShga olib ketilgan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ustidan mahkamaga 92 yoshli sudya raislik qiladi, deb yozdi Der Spiegel AQSh matbuotiga asoslanib.

Elvin Gellershteyn ancha nufuzli sudya, bir paytlar Donald Trampni ham sud qilgan.

Uni 1998-yilda Bill Klinton Nyu-York federal sudyasi etib tayinlagan.

O‘tmishda uning stoliga bir necha bor «siyosiy nozik» ishlar kelib tushgan. Xususan, 2001-yil 11-sentyabrdagi teraktlardan keyin ko‘p millionli tovon pullari masalasi bilan shug‘ullangan.

U 2025-yilda Tramp ma’muriyatining deportatsiyalarni oqlashda «Xorijiy dushmanlar to‘g‘risida»gi qonundan foydalanishiga qarshi chiqqan. Gellershteyn uning qo‘llanilishini konstitutsiyaga zid deb hisoblab, qonun qochqinlar yoki to‘dalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun emas, balki urushlar yoki bosqinlar uchun mo‘ljallanganligini ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring