Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Eronga qarshi iqtisodiy kurashda asosiy «kartalari»ni ishlatib bo‘ldi – Qolibof

AQSh Eronga qarshi iqtisodiy kurashda asosiy «kartalari»ni ishlatib bo‘ldi – Qolibof

Eron parlamenti raisi Muhammad Boqir Qolibof AQSh Eronga qarshi iqtisodiy kurashda asosiy «kartalari»ning katta qismini ishlatib bo‘lganini aytdi. Uning fikricha, Tehronda esa hali qo‘llanilmagan imkoniyatlar mavjud.

«Ular o‘z ustunligi bilan maqtanishyapti. Keling, qarab chiqaylik: bu yerda ta’minot imkoniyatlari talab imkoniyatlariga teng», – deb yozdi Qolibof X tarmog‘ida.

Uning ta’kidlashicha, Eronning asosiy imkoniyatlari qatoriga Ho‘rmuz bo‘g‘ozi, Bab-ul-Mandab bo‘g‘ozi va neft quvurlari kiradi. AQSh esa strategik neft zaxiralarini chiqarish, talabni qisqartirish va narxlarni moslashtirish kabi choralarni qo‘llagan.

Qolibofga ko‘ra, Eronning ayrim vositalari hali ishga tushirilmagan, AQSh esa o‘z imkoniyatlarining bir qismini allaqachon ishlatib bo‘lgan.

Shuningdek, u yoz oylarida energiyaga bo‘lgan talab oshishini ham hisobga olish zarurligini ta’kidlab, bu AQSh uchun qo‘shimcha bosim bo‘lishini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring