AQSh vitse-prezidenti giyohvandlardan «uzr so‘radi»
AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens amerikalik giyohvandlardan uzr so‘radi. U bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Kokainni sevadigan barcha odamlardan uzr so‘rayman, lekin Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp kokainni sevmaydi», dedi u va mamlakat rasmiylari giyohvand moddalarga qarshi kurashda davom etishini ta’kidladi.
Vitse-prezident ba’zi amerikaliklar xavfli bo‘lishiga qaramay, noqonuniy moddalardan foydalanishlarini ta’kidladi. Vens amerikalik giyohvandlarni davolanishga chaqirdi va AQSh ma’muriyati fentanil va kokainga nisbatan qattiq pozitsiyasi uchun tanqidlarga qaramay, mamlakat manfaatlarini ilgari surishda davom etishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning qo‘lga olinishi ham narkoterrorizm ayblovi bilan bog‘liq.
Avvalroq Vens Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaganini aytgan edi. Shuningdek, u orol AQSh milliy xavfsizligi va raketaga qarshi mudofaa tizimining ishlashi uchun juda muhim ekanligini ta’kidladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter