Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh yana bir davlatda harbiy operatsiya boshladi

AQSh yana bir davlatda harbiy operatsiya boshladi

AQSh va Ekvador harbiylari narkokartellarga qarshi qo‘shma operatsiyalarni boshladi. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlarining Janubiy qo‘mondonligi xabar berdi.

"3 mart kuni AQSh va Ekvador qurolli kuchlari Ekvadorda ro‘yxatga kiritilgan terrorchilik tashkilotlariga qarshi operatsiyalarni boshladi. Ushbu operatsiyalar Lotin Amerikasi va Karib havzasidagi hamkorlarning narkoterrorizm ko‘rinishidagi yovuzlikka qarshi kurashga sodiqligining ajoyib namunasidir," - deyiladi qo‘mondonlikning X sahifasida e’lon qilingan xabarda.

Avvalroq AQSh Venesuela, Kolumbiya va Meksikadagi narkokartellarga qarshi operatsiyalar o‘tkazgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring