Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Astronavt betobligi tufayli Crew-11 ekipaji muddatidan avval Yerga qaytadi

Astronavt betobligi tufayli Crew-11 ekipaji muddatidan avval Yerga qaytadi

Foto: NASA

NASA astronavtlardan birining sog‘lig‘idagi muammo tufayli Crew-11 ekipajini Xalqaro kosmik stansiyadan muddatidan avval qaytaradi.

Crew-12 ekipaji fevralda fazoga yo‘l oladi.

Fazogirning betobligini NASA direktori Jared Ayzekman ham tasdiqladi, shu bois ekipajni Yerga ertaroq qaytarishga qaror qilingan. Astronavtning ahvoli barqarorligi aytilmoqda, uning shaxsi va tashxisi sir tutilmoqda.

«Roskosmos» ma’lumotiga ko‘ra, NASA ekipajni 14-yanvarda qaytarishni rejalashtirgan.

«Ekipaj tarkibi: NASA astronavtlari Zina Kardman va Maykl Fink, JAXA astronavti Kimiya Yui hamda «Roskosmos» kosmonavti Oleg Platonov. Qaytishning aniq sanasi fazo kemasi va ekipajning tayyorgarligi va ob-havoga bog‘liq», deyiladi Rossiya fazoviy agentligi bergan ma’lumotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring