Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT: Suriyada yuzga yaqin kishi sirli tarzda yo‘qoldi

BMT: Suriyada yuzga yaqin kishi sirli tarzda yo‘qoldi

Foto: TSN

BMT ma’lumotiga ko‘ra, Suriyada rejim o‘zgarganidan beri qariyb 100 kishi bedarak yo‘qolgan

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari idorasi joriy yil boshidan beri Suriyada 97 kishi bedarak yo‘qolgani yoki o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar berdi. 

"Avvalgi Suriya hukumati ag‘darilganidan beri o‘n bir oy o‘tdi, ammo biz o‘nlab odamlarni o‘g‘irlash va majburan yo‘qolib qolish holatlari haqida xavotirli xabarlarni olishda davom etmoqdamiz", - deya iqtibos keltirmoqda Reuters agentligi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar idorasi vakili Tamin al-Kitanning so‘zlariga asoslanib. 

2000-yildan 2024-yil oxirigacha, (mamlakatni sobiq prezident Bashar Asad boshqargan paytda) Suriyada 100 mingdan ortiq odam bedarak yo‘qolgan. Bedarak yo‘qolganlarning aniq sonini aniqlash qiyin, ularni qidirish ham qiyin: mahalliy aholi BMT vakillari bilan hamkorlik qilishdan ehtiyot bo‘lishadi, deb ta’kidlaydi Reuters. 

Asad rejimi ag‘darilgandan so‘ng, Suriyaning vaqtinchalik rahbarligini Ahmad ash-Sharaa egalladi. Oktyabr oyida u Moskvaga tashrif buyurdi va u yerda Vladimir Putin bilan uchrashdi. Suriya yetakchisi 10 noyabr kuni  Vashingtonda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring