Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Minglab jasadlar»: Eronda urush qurbonlari soni e’lon qilindi

«Minglab jasadlar»: Eronda urush qurbonlari soni e’lon qilindi

Foto: Sputnik

Eron sud-tibbiy ekspertizasi tashkiloti rahbari Abbos Masjidi Aranining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat AQSh-Isroil harbiy hujumi boshlanganidan beri 3000 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

«Jasadlarning qariyb 40 foizini dastlab aniqlab bo‘lmagandi», dedi Arani Mizan axborot agentligiga. Uning ta’kidlashicha, so‘ngra deyarli barcha jasadlar aniqlangan va oilalariga topshirilgan.

30-mart kuni Qizil Yarim Oy jamiyati AQSh-Isroil harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri 102 000 dan ortiq tinch aholi nishonlariga hujum qilinganini xabar qildi. O‘lganlar soni bir haftadan ko‘proq vaqt ichida 1,5 baravar oshdi.

7-aprel kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik sulh e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqt ichida tomonlar yakuniy tinchlik kelishuviga erishishlari kerak. Eron va Amerika delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar shu hafta Pokistonda boshlanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring