Ispaniya Tehrondagi elchixonasini qayta ochadi
Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares Tehrondagi elchixonani qayta ochish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Ma’lum qilinishicha, elchixona 7-mart kuni AQSh va Isroil zarbalari ortidan vaqtincha yopilgan edi. Endi esa Ispaniya elchisi o‘z lavozimiga qaytib, diplomatik faoliyatni tiklaydi.
Shu bilan birga, Albares Isroilni xalqaro huquqni va Yaqin Sharqdagi ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzganlikda aybladi.
«Kecha Isroil sulhni inkor etgan holda Livanga yuzlab bombalar tashladi», – dedi u parlamentdagi chiqishida.
Ispaniya so‘nggi paytlarda G‘arb davlatlari orasida AQSh va Isroilning mintaqadagi harakatlarini eng keskin tanqid qilayotgan mamlakatlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Madrid hukumati ushbu mojaroni «behuda va noqonuniy» deb baholab, hatto ayrim harbiy samolyotlar uchun o‘z havo hududini yopgan.
Ispaniya tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, elchixonani qayta ochish qarorining maqsadi — mintaqada tinchlik o‘rnatishga hissa qo‘shishdir.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter