FQB qidiruv e’lon qildi — topganga 7 mln dollar!
FQB bir odamni topganga 7 mln dollar mukofot bermoqchi, deb xabar berdi WSJ. AQSh rasmiylariga ko‘ra, bu Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inga juda kerakli odam.
Shimoliy koreyalik bankir Sim Xyon Sop, amerikalik rasmiylariga ko‘ra, Kim Chen In rejimi manfaatlari yo‘lida pul yuvish va xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tishda muhim rol o‘ynaydi. U moliyaviy oqimlar, chunonchi, kriptovalyutalarni nazorat qiladi, yashirin ishchilar va kiberjinoyatlardan tushgan pullarni KXDRning asbob-uskunalar sotib olish va qurollanish dasturlariga yo‘naltirib keladi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Sim Xyon Sop sxemasi orqali o‘n millionlab dollar yuvilgan, ularning bir qismi AQShning yirik banklaridan o‘tgan. Qattiq sanksiyalarga qaramasdan, KXDRning xorijdagi xufiya bankirlar tarmog‘i Pxenyanni jahon moliya tizimiga bog‘lab turibdi.
Taxminlarga ko‘ra, Sim Xyon Sop Xitoyda yashiringan, ammo bu yerga amerikalik amaldorlarning qo‘li yetmaydi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter