Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Fyodorovni qaytaring!» — ukrainaliklar yana namoyishga chiqishdi

«Fyodorovni qaytaring!» — ukrainaliklar yana namoyishga chiqishdi

Foto: Bild

Kiyevda 31-iyul oqshomida minglab odamlar ishdan olingan mudofaa vaziri Mixail Fyodorovning lavozimiga qaytarilishini talab qilib yana namoyishga chiqishdi.

Shahar markazi bo‘ylab yurib o‘tgan qatnashchilar uning ismini baralla aytishdi va «Uni qaytaring!», «Sharmandalik», «Ishlab turgan narsani buzmang», deya hayqirishdi.

Ikki hafta avval prezident Vladimir Zelenskiy hukumatdagi kadrlar almashinuvi doirasida Fyodorovni lavozimidan chetlashtirgandi. Ko‘plab ukrainaliklar uni armiyani modernizatsiya qilish hamda Rossiyaning ichki nuqtalariga dronlar orqali berilgan muvaffaqiyatli zarbalarning timsoli deb biladilar. Fyodorovning o‘zi ham o‘z lavozimiga qaytishni xohlashini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring