Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘azo bo‘yicha rejaning ikkinchi bosqichi boshlandi, Isroil norozi

G‘azo bo‘yicha rejaning ikkinchi bosqichi boshlandi, Isroil norozi

AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektoridagi urushni tugatish bo‘yicha tinchlik rejasining ikkinchi bosqichi boshlanganini ma’lum qildi.

Tramp Falastinning HAMAS harakati Isroilga omon qolgan 20 nafar garovni topshirganini eslatdi. "Katta ish qilindi, ammo ish hali to‘liq bajarilmadi. O‘lganlar va’da qilinganidek qaytarilmadi", deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida. 

G‘azo sektoridagi urushni tugatishning birinchi bosqichi falastinlik asirlar evaziga isroillik garovga olinganlarni ozod qilish va Isroil qo‘shinlarini anklavdan qisman olib chiqishni o‘z ichiga olgan. 13-oktyabr kuni Misrda tinchlik shartnomasi imzolangan sammitda Donald Tramp tinchlik jarayonining ikkinchi bosqichi allaqachon boshlanganini ma’lum qilgan edi. 

AQSh rejasiga ko‘ra, HAMAS ham tinchlik jarayonining birinchi bosqichi yakunlanmaguncha 28 nafar halok bo‘lgan garovga olinganlarning jasadlarini Isroilga topshirishi kerak edi. Harakat faqat to‘rt kishining jasadini qaytarib berdi. Isroil rasmiylari belgilangan muddatlarning har qanday kechikishi kelishuvning buzilishi sifatida baholanishini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring