Gvineya-Bisau prezidenti hokimiyatdan ag‘darilib, qamoqqa olingani aytilmoqda
Gvineya-Bisau prezidenti Umarou Sissoko Embalo saylovlarda g‘alaba qozonganini e’lon qilganidan keyin prezidentlik saroyida hibsga olingan. U bu haqda Jeune Afrique nashriga ma’lum qilib, voqeani davlat to‘ntarishi deb atagan.
Jeune Afrique ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbari bilan birga Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general Biage Na Ntan, uning o‘rinbosari Mamadu Ture va ichki ishlar vaziri Boche Kande ham hibsga olingan.
23-noyabr kuni Gvineya-Bisauda prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Prezidentlik saylovlarida amaldagi prezident Umarou Sissoko Embaloni o‘z ichiga olgan o‘n ikki nomzod ishtirok etdi.
Muxolifat yetakchisi Domingos Simoyes Pereyra nomzod bo‘lishiga ruxsat berilmagan. Rasmiy natijalar Saylov komissiyasi tomonidan 28-noyabr kuni e’lon qilinishi rejalashtirilgan, ammo Umarou Sissoko Embalo allaqachon g‘alaba qozonganini e’lon qilgan. Shundan so‘ng, AFP va Reuters prezidentlik saroyi yaqinida va milliy saylov komissiyasi binosi yaqinida otishma ovozlari eshitilganini xabar qilishdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter