Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

HAMAS Isroilga yana uch nafar garovdagilarning jasadini qaytardi

HAMAS Isroilga yana uch nafar garovdagilarning jasadini qaytardi

HAMAS guruhi Isroilga yana uch nafar garovga olingan shaxsning jasadlarini qaytardi.

Reuters agentligi ma’lumot berishicha, 2-noyabr kuni kechqurun uchta tobut Qizil Xoch vakillari orqali G‘azo sektorida vositachilarga topshirilgan, shundan keyin ular ekspertiza uchun Isroilga yetkazilgan.

Isroil mudofaa armiyasining ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan ekspertiza natijalari jasadlarning haqiqatan ham Isroil harbiylariga tegishli ekanini tasdiqladi. Endi ular oilalariga dafn marosimi uchun topshiriladi.

Ular 2023-yil 7-oktyabr kuni HAMAS harakatining Isroilga hujumi paytida jangda halok bo‘lgan, keyin ularning jasadlari G‘azoga olib ketilgan.

Eslatib o‘tamiz, HAMAS otishmani to‘xtatish bo‘yicha so‘nggi kelishuv doirasida o‘z qo‘lida qolgan 20 nafar tirik garovdagi shaxsni ozod qildi va barcha halok bo‘lganlarning jasadlarini qaytarishga va’da berdi. Hozircha jasadi topshirilmagan sakkiz nafar isroillik qolgan.

Shuningdek, Isroil qariyb ikki ming nafar faalstinlik mahbusni — terrorizmda ayblanganlar hamda janglar paytida hibsga olingan va sudsiz qamalgan shaxslarni ozod qildi. Shu bilan birga, 360 nafar falastinlikning jasadlari ham qaytarildi.

Isroil va HAMAS o‘rtasidagi otishmani to‘xtatish kelishuvi 10-oktyabrdan kuchga kirgan. Biroq har ikki tomon ham kelishuvni buzishda bir-birini ayblamoqda. Isroil tomoni G‘azo sektoridagi chegara hududlariga cheklangan zarbalarni amalga oshirayotgani, bu hujumlar hamaschilarning harakatlariga javob ekanligini aytib kelyapti.

G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tinchlik kelishuvi tuzilgandan beri Isroil aviahujumlari natijasida 236 nafar falastinlik halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring