Hindistonda qotil fil paydo bo‘ldi
Hindistonning sharqiy hududlarida Yangi yil kunlari yovvoyi fil hujumlari oqibatida kamida 17 nafar inson halok bo‘ldi.
People nashri xabar berishicha, yanvar oyi boshida yosh fil 12 marotaba aholiga hujum qilgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, hayvon asosan tunda, odamlar uxlayotgan paytda hujum qiladi.
Mutaxassislar filning bunday tajovuzkor xatti-harakati musta holati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Musta — erkak fillarda kuzatiladigan gormonal davr bo‘lib, u kuchli asabiylik va agressiyaning keskin oshishi bilan xarakterlanadi.
«Biz bir necha guruh bilan maydonlarda navbatchilik qilyapmiz va filni izlayapmiz, ammo bugun uni aniqlashning iloji bo‘lmadi», — dedi o‘rmon idorasi xodimi Aditya Narayan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter