Kolumbiyada zilzila qurbonlari soni 132 nafarga yetdi
Kecha Kolumbiya g‘arbida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 132 kishi halok bo‘ldi, 570 kishi jarohat oldi. Bu haqda BluRadio radiostansiyasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 32 ta aholi punktida «qizil» xavf darajasi e’lon qilindi — bu hududlarda jiddiy vayronagarchiliklar qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kolumbiyada kecha, 10 avgust kuni ertalab 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning epitsentri Choko departamentidagi San-Xose-del-Palmar munitsipaliteti hududida joylashgan.
Yer silkinishlari Kolumbiyaning katta qismida, shuningdek, qo‘shni mamlakatlarda ham sezilgan. Qutqaruv xizmatlari vayronalarni tozalash va odamlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
Kolumbiya hukumati halokatli zilziladan keyin milliy miqyosda favqulodda holat rejimini joriy etgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter