Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 13 nafarga yetdi

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 13 nafarga yetdi

Foto: KTVN

Kecha Yaponiyaning Kyusyu orolida joylashgan Kumamoto prefekturasida yuz bergan ketma-ket yer qimirlashlari oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sanae Takaiti bayonot berdi.

Ta’kidlanishicha, tabiiy ofat jiddiy talofatlarni keltirib chiqargan: ko‘p uylar va yo‘llar vayron bo‘lgan, yong‘inlar yuz bergan.

Kasima shaharchasidagi «Aeon» savdo majmuasida zilzila tufayli gaz portlagan. Ikkinchi qavat qulab tushguniga qadar 200 ga yaqin odamni xavfsiz joyga olib chiqishga ulgurilgan. Vayronalar ostidan chiqarib olingan 8 kishidan 3 nafari hayotdan ko‘z yumgan.

Ayni paytda yana 9 kishi qidirilmoqda. Hududda «Sinkansen» tezyurar poyezdlari qatnovi hanuz tiklangani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring