Kolumbiyada zilzila sabab 250 nafardan oshiq inson halok bo‘ldi
Reuters agentligining xabar berishicha, Kolumbiyada zilzila sabab 254 kishi qurbon bo‘ldi. Halok bo‘lganlarning aksariyati Kali va Pereyrada bo‘lgan.
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, jarohatlanganlar soni 900 dan oshdi. Choko departamentidagi (Tinch okeani sohilida) bir nechta shaharlar elektrsiz qolmoqda. Reuters xabar berishicha, elektr uzilishi qutqaruv ishlarini murakkablashtirmoqda. Uylar vayronalari ostida qolgan odamlar soni noma’lum.
10-avgust kuni ertalab Kolumbiyada 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila epitsentri Kolumbiya g‘arbiy qismidagi San-Xose del Palmar shahridan 5 kilometr uzoqlikda joylashgan edi. Kolumbiyaning markaziy va janubu-g‘arbiy qismining bir nechta mintaqalarida, shuningdek, Ekvador, Panama va Venesuelada yer osti faolligi sezildi.
O‘shandan beri kamida 70 ta aftershok qayd etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter