Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shoyguning o‘zbekistonlik «jiyani» moskvaliklarni tunab ketdi

Shoyguning o‘zbekistonlik «jiyani» moskvaliklarni tunab ketdi

Moskva huquqni muhofaza qiluvchi organlari Shere Shoygu va uning turmush o‘rtog‘ini 100 million rubl miqdoridagi kriptoinvestitsiya firibgarligida ishtirok etganligini tekshirmoqda. Bu haqda «TASS»ga jabrlanuvchilarning vakili, advokat Said Yaraxmedov ma’lum qilgan.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Shere Shoygu – aslida 27 yoshli Sheriyaxon Osmanova bo‘lib, u pasport ma’lumotlarini o‘zgartirib, Shoygu familiyasini olgan. U o‘zini Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguning qizi yoki yaqin qarindoshi sifatida tanishtirgan va moskvaliklarga kriptovalyuta birjasiga investitsiya kiritish taklifini bergan.

Shu yo‘l bilan u bir nechta fuqarolarni aldab, katta miqdordagi pulni qo‘lga kiritganidan so‘ng juftakni rostlagan.

«Hozircha zarar miqdori 100 million rubldan ortiq, ammo jabrlanuvchilar soni va jami yetkazilgan zarar ikki barobarga oshishi mumkin», – deydi advokat.

Fakt bo‘yicha RF huquqni muhofaza qiluvchi organlari firibgarlik jinoyati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.

Manba: xabar.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring