Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Skuterdan yiqilgan yigitning boshi svetoforga «qamalib» qoldi...

Skuterdan yiqilgan yigitning boshi svetoforga «qamalib»  qoldi...

Foto: Reddit

Xitoyning Chengdu shahrida noodatiy yo‘l harakati hodisasi ro‘y berdi va tezda ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi. Elektr skuter haydab ketayotgan yigit muvozanatni yo‘qotdi va vaqtincha o‘rnatilgan (yo‘l ta’mirlanayotgan bo‘lgan) svetoforga borib urildi. Tasodifni qarangki, jabrlanuvchining boshi yashil chiroq ichiga kirib ketdi.

Qutqaruvchilar yordamga yetib kelishdi, biroq jabrlanuvchini «ozod» qilish qiyin bo‘ldi: ular qariyb 40 daqiqa davomida ehtiyotkorlik bilan metall «qopqon»ni kesishdi. Yigit chiroqdan «ozodlik»ka chiqqach, kasalxonaga yotqizilgan va hozirda uning ahvoli yaxshi. Shifokorlar qaltis voqea yuz berganiga qaramay, yigitning jarohati yengil ekanligini ta’kidlashmoqda.

Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab sharhlarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilarning ba’zilari jabrlanuvchi superqahramonni yashil chiroqqa o‘xshatishsa, boshqalari bunday baxtsiz hodisadan omon qolish lotereyada yutish kabi kamdan-kam omad ekanligini ta’kidladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring