Samarqand-2028 giperspektral sun’iy yo‘ldoshi qachon orbitaga uchiriladi?
5 avgust kuni Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz start platformasidan Samarkand-2028 va Lampung-1 giperspektral sun’iy yo‘ldoshlari orbitaga uchiriladi.
Qayd etilishicha, Samarkand-2028 sun’iy yo‘ldoshi «O‘zbekkosmos» agentligi va STAR.VISION kompaniyasi o‘rtasida imzolangan strategik memorandum doirasidagi hamkorlikning amaliy natijasi hisoblanadi.
Sun’iy yo‘ldoshga mazkur nom 2028 yilda Xalqaro astronavtika kongressi (IAC) Samarqand shahrida o‘tkazilishi sharafiga berilgan.
Loyiha doirasida «O‘zbekkosmos» mutaxassislari sun’iy yo‘ldosh borti uchun maxsus sun’iy intellekt modulini ishlab chiqdi. Ushbu modul giperspektral ma’lumotlarni bevosita orbitaning o‘zida qayta ishlash imkonini beradi hamda Yer yuzasini masofadan zondlash samaradorligini oshiradi.
Ta’kidlanishicha, olingan ma’lumotlardan qishloq xo‘jaligi, ekologiya, tabiiy resurslarni monitoring qilish va boshqa yo‘nalishlarda foydalanish rejalashtirilgan.
Hozirda raketa start kemasiga joylashtirilgan bo‘lib, uchirish hududi tomon yo‘l olgan. Barcha tayyorgarlik ishlari belgilangan reja asosida davom etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter