Tailandda mushuk vabosi tarqalishi oqibatida 72 ta yo‘lbars nobud bo‘ldi
Tailandda mushuk vabosi tarqalishi oqibatida 72 ta yo‘lbars nobud bo‘ldi, deb xabar berdi The Independent nashri.
Mamlakat shimolidagi Chiangmay provinsiyasida joylashgan sayyohlik bog‘ida mushuk vabosi (panleykopeniya) avj olgani qayd etildi. Ushbu kasallik hayvonlarning ovqat hazm qilish va immunitet tizimiga jiddiy shikast yetkazadi.
Hozirda bog‘lar vaqtincha yopilgan. Tirik qolgan yo‘lbarslar karantinga olinib, to‘liq vaksinatsiya qilingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter