Tramp amerikalik saylovchilariga 5 ming dollardan tarqatmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp noyabrdagi oraliq saylovlarda Respublikachilar partiyasi g‘alaba qozonsa, mamlakatdagi har bir voyaga yetgan fuqaroga 5 ming dollardan to‘lov berishini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Tramp Dallasdagi partiya yig‘ilishida Palata va Senatda respublikachilar ko‘pchilikni qo‘lga kiritsa, iqtisodiy natijalar hisobiga aholiga maxsus to‘lov amalga oshirilishini aytdi.
«Men AQShning har bir voyaga yetgan fuqarosiga 5 ming dollar miqdorida dividend to‘layman», – dedi Tramp. U bu to‘lovni «Tramp dividendi» deb atadi.
AQSh Kongressiga oraliq saylovlar 2026-yil 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Vakillar palatasining barcha 435 a’zosi va Senat tarkibining taxminan uchdan bir qismi saylanadi.
The Guardian hisob-kitobiga ko‘ra, AQShda 235 milliondan ortiq voyaga yetgan fuqaro bor. Agar ularning barchasiga 5 ming dollardan berilsa, umumiy xarajat 1 trillion dollardan oshadi.
Tramp, shuningdek, demokratlar saylovda g‘alaba qozonsa, mamlakat soliq imtiyozlari, xavfsizlik va iqtisodiy farovonlikdan ayrilishi mumkinligini ham aytgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter