Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp HAMASga muhlat berdi

Tramp HAMASga muhlat berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp HAMAS guruhiga G‘azo sektoridagi urushni tugatish bo‘yicha Vashington taklif qilgan kelishuvni qabul qilish uchun yangi muddat belgiladi

"Hoziroq garovga olinganlarga ozod eting va jasadlarni topshiring. Sizlarga yakshanba kuni (6 oktyabr)soat 15:00 gacha muhlat beraman", - deb yozdi u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. 

AQSh 29-sentyabr kuni Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushni tugatish rejasini taqdim etdi. Uning bandlaridan birida HAMAS barcha garovga olinganlarni, shu jumladan o‘lganlarning jasadlarini "Isroil ushbu kelishuvni jamoatchilik tomonidan qabul qilganidan keyin" 72 soat ichida qaytarishi kerakligi aytilgan.

Bu o‘t ochishni to‘xtatish va Isroil qo‘shinlari "garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun kelishilgan chiziqqa" olib chiqilganidan keyin sodir bo‘ladi. 

Buning evaziga Isroil umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan 250 nafar falastinlik mahbusni va 2023-yil 7-oktyabr kuni HAMASning Isroil janubiy hududlariga uyushtirgan hujumidan so‘ng hibsga olingan 1700 nafar g‘azolikni ozod qiladi. Bundan tashqari, ozod etilgan har bir asirga Isroil “15 nafar halok bo‘lgan g‘azoliklarning jasadi”ni qaytaradi. 

Ushbu majburiyatlarni bajargandan so‘ng, HAMAS a’zolari amnistiya va G‘azo sektoridan xavfsiz o‘tish evaziga qurollarini topshirishadi. Guruh G‘azo sektorini boshqarishda hech qanday rolga ega bo‘lmaydi va "barcha harbiy, terroristik va hujumkor infratuzilma" yo‘q qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring