Venesueladagi dahshatli zilzila qancha zarar keltirgani ochiqlandi
Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan zilzilalar 19,6 milliard dollarlik moddiy zarar yetkazgan. Umumiy zararning 9,3 milliard dollari turar joy binolariga to‘g‘ri kelgan.
Jahon banki zararni baholash uchun Venesuela hukumati va gumanitar tashkilotlarning zarar haqidagi hisobotlaridan, shuningdek, seysmik ma’lumotlardan foydalangan.
«O‘z vaqtida qo‘shimcha investitsiyalarsiz, ishlab chiqarish quvvati va turmush darajasiga salbiy ta’sir tiklanish jarayonini sekinlashtiradi», dedi Jahon banki vitse-prezidenti Susana Kordeyro Guerra (Reuters agentligidan iqtibos keltirgan holda).
Zilzilalar magnitudasi 7,2 va 7,5 magnitudani tashkil etdi. So‘nggi bir oy ichida Venesuelada 1400 ta aftershok qayd etilgan.
Sohilbo‘yi shtati La Guaira eng ko‘p zarar ko‘rgan. Hukumatning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 5300 kishi halok bo‘lgan va 16700 kishi jarohatlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter