Venesuelaning nafaqat nefti, balki temiri ham ko‘p
Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS, AQSh) Venesuelaning temir konlari zaxiralarini taxminan 428 milliard dollarga baholadi.
Venesuela — temirga boy mamlakatlardan biri, temir rudalari 4 mlrd tonnaga yaqin bo‘lib, jahonda 12-o‘rinda turadi.
Temirning bir tonnasi hozir 107 dollar atrofidaligi nazarda tutilsa, zaxiralarning umumiy qiymati yuzlab milliard dollarga yetadi. Temir rudasini qazib olish amaliyoti xarajatlari ko‘pincha 40-50 foizdan oshishi hisobga olinsa, uni qazib olishdan olinadigan potensial foyda 200 milliard dollardan oshishi mumkin. Solishtirish uchun: bu dunyodagi eng boy Nvidia kompaniyasi 2025-yilda olgan sof foydadan qariyb ikki baravar ko‘p.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter