Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 4 829 nafarga yetdi
Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 829 nafarga yetdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 16 740 nafar kishi turli darajada jarohat olgan, 17 907 nafar esa boshpanasiz qolgan. Tabiiy ofat oqibatida 190 ta bino to‘liq vayron bo‘lgan, yana 856 tasiga jiddiy zarar yetgan.
Qutqaruvchilar tomonidan 6 462 nafar inson qutqarib qolingan. 34 872 nafar jabrlanganga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, 128 324 ta oilaga gumanitar yordam yetkazilgan. Hozirda 20 857 nafar kishi 106 ta vaqtinchalik boshpanada joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Venesuelada oradan 40 soniya o‘tib 7,2 va 7,5 magnitudali ikki kuchli zilzila sodir bo‘lgan edi. Epimarkazlar Yarakuy shtatida joylashgan bo‘lib, shundan beri 1 284 ta aftershok qayd etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter