Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda quvvati 1 GVt bo‘lgan, dunyodagi eng yirik ofshor quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

Xitoyda quvvati 1 GVt bo‘lgan, dunyodagi eng yirik ofshor quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

QES 2934 ta "fotoelektr platformalar"dan iborat bo‘lib, ular qotirilgan ustunli poydevorlarga o‘rnatilgan. Har bir platforma 60 metr uzunlikka va 35 metr kenglikka ega.

Yirik quyosh elektr stansiyalarini dengizga "chiqarish"ning sababi shundaki, Xitoy Xalq Respublikasining sharqiy va janubi-sharqiy viloyatlari juda zich aholi yashaydigan hududlar hisoblanadi va yirik ko‘lamli yer usti quyosh generatsiya ob’yektlarini joylashtirish qiyin.

Ofshor QESlar qurilishi mamlakatning g‘arbiy va shimoliy viloyatlaridan quyosh elektr energiyasini yetkazib berish uchun uzun masofali yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarini barpo etishga muqobil yechim hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring