Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zohran Mamdani Nyu-York shahri meri etib saylandi

Zohran Mamdani Nyu-York shahri meri etib saylandi

Demokrat partiyasi nomzodi, siyosatchi Zohran Mamdani AQShning eng yirik shahri bo‘lmish Nyu-York meri lavozimiga saylandi. U shahar rahbarligi uchun o‘tkazilgan saylovda ishonchli g‘alabaga erishdi.

Dastlabki norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Mamdani 50,35 foiz ovoz to‘plagan. Qolgan nomzodlar — respublikachi Kyortis Sliva 7,14 foiz, mustaqil nomzod, Nyu-York shtati sobiq gubernatori Endryu Kuomo esa 41,6 foiz ovozga ega bo‘lgan.

2024 yil oktyabrida Mamdani Nyu-York meri lavozimi uchun nomzodligini e’lon qilganida, mutaxassislar uning g‘alaba qozonish ehtimolini past baholagan edi. Biroq saylov natijalari unga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlashning sezilarli oshganini ko‘rsatdi. Mamdani hozirda Amerika siyosatida tez sur’atlar bilan tanilib borayotgan yosh siyosatchilar qatorida tilga olinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring