Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliarderlar qaysi shaharlarda ko‘pligi aniqlandi

Milliarderlar qaysi shaharlarda ko‘pligi aniqlandi

Forbes milliarderlar global reytingi asosida dunyoning eng boy insonlari qaysi shaharlarda yashayotganini aniqladi.

2025-yilda Nyu-York katta farq bilan birinchi o‘rinni band etdi ushbu megapolisda 123 nafar milliarder yashamoqda.

Bu o‘nlab yillar davomida moliyaviy yetakchilik, global kapitalning kuchli oqimlari, shuningdek, investitsiya kompaniyalarining yuqori konsentratsiyasi, ko‘chmas mulk boyligi va yirik korporatsiyalarning shtab-kvartiralari joylashgani natijasidir. Milliarderlarning «zichligi» borasida boshqa hech bir shahar Nyu-Yorkning yaqiniga ham kelmaydi.

Ikkinchi o‘rinda — Moskva (90 nafar milliarder), uchinchi — Gonkong (72 nafar milliarder).

Keyingi o‘rinlarda: London (71), Pekin (68), Mumbay (67), Singapur (60), Shanxay (58), San-Fransisko (58), Los-Anjeles (56).

Osiyo shaharlari reytingda salmoqli Gonkong, Mumbay, Pekin, Shanxay, Singapur, Shenchjen. Xitoyning Pekin, Shanxay, Shenchjen, Xanchjou va Guanchjou shaharlari milliarderlar eng ko‘p yashaydigan megapolislar ro‘yxatiga kirdi.

Shunga qaramasdan, Yevropa va Shimoliy Amerikadagi an’anaviy boylik markazlari raqobatbardoshligini saqlab qolmoqda. London, Parij va Milanda milliarderlar juda ham ko‘p.

Birinchi yigirmatalikdan tashqarida Dallas, Chikago va Palm-Bich shaharlari joylashdi, bu milliarderlarning boyliklari AQShning moliya, texnologiyalar, energetika va ko‘chmas mulk xablari o‘rtasida qanday taqsimlanayotganini ko‘rsatadi.

Nisbatan ixcham, ammo katta ta’sirga ega Palo-Alto kabi shaharlar esa yangi boyliklar yaratilishida texnologiyalar sohasining noproporsional katta rol o‘ynashini ifodalaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring