Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada Quva qadimiy shaharchasi qoldiqlari topildi

Farg‘onada Quva qadimiy shaharchasi qoldiqlari topildi

Farg‘onadagi Quva qadimiy shaharchasidan qolgan devorlarining miloddan avvalgi 3-asrdan milodiy 10-asrgacha bo‘lgan qismi topildi.

«Sinxua» axborot agentligining yozishicha, o‘zbek-xitoy arxeologlar jamoasidan iborat Loyan-Farg‘ona qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi ishtirokchilari ushbu topilma Ipak yo‘lidagi qadimiy shaharning tarixiy rivojlanishini hamda Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy almashinuvlarni o‘rganish uchun muhim moddiy dalil, deb hisoblaydi.

110 ming kvadrat metr maydonni egallagan Quva qadimiy shaharchasi xarobalari Farg‘ona vodiysining O‘zbekiston qismida joylashgan. Qadimgi Ipak yo‘lidagi muhim markaz sifatida bu mintaqa Xitoy bilan ikki ming yildan ortiq vaqt davomida uzoq muddatli aloqalarga ega bo‘lgan.

Arxeologlarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bir necha bor qayta qurilgan istehkomlar uzoq vaqt davomida - Parfiya, Dayuan va So‘g‘d davrlaridan tortib Somoniylar davrigacha ishlatilgan.

Xitoy tomonidagi qo‘shma ekspeditsiya rahbari Lyu Binning ta’kidlashicha, devor qurish texnologiyalarining evolyusiyasi turli davrlarda me’moriy mahorat va qurilish materiallarini tanlash, bunday tanlovlarga potensial madaniy ta’sir va madaniyatning tarqalishini o‘rganish uchun muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.

2023-yilda Xenan provinsiyasining Loyan arxeologiya instituti va Farg‘ona davlat universiteti qadimgi Quva shahri xarobalarini arxeologik qazish ishlarini olib borish uchun qo‘shma arxeologik guruh tuzdilar.

Hozirgi kunga qadar xarobalarda saroylar, shahar darvozalari, devorlar, turar-joy binolari, ko‘chalar va hunarmandchilik ustaxonalari kabi yodgorliklar topilgan.

«Kelgusi yilda saroy hududida joylashuv va funksional rayonlashtirishni har tomonlama tushunishni yanada rivojlantirish uchun tizimli qazishmalar rejalashtirilgan», - deb xabar berdi Sinxua axborot agentligi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring