Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistondan keltirilgan 32 kg narkotik qo‘lga olindi

Tojikistondan keltirilgan 32 kg narkotik qo‘lga olindi

Videodan skrinshot

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Tojikistondan keltirilgan jami 32 kg narkotik moddalar fosh etildi.

Tojikistondan kontrabanda qilingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqaroning Qo‘qon shahridagi yashash xonadoni oshxonasiga yashirilgan 4 kg 572 gr “opiy” hamda 1 kg 58 gr “gashish” moddalari topilgan. Shuningdek, unga tojikistonlik narkosavdogarlar WhatsApp messenjeridan yuborgan geolokatsiya orqali muqaddam Dang‘ara tumani hududiga yashirib ketilgan 9 kg 980 gr “opiy” moddasi aniqlangan. Unga giyohvandlik vositalarini qayta ishlab, iste’molga tayyor holatga keltirishda yordam bergan shaxs ham fosh etildi. Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi bu shaxsning yashash xonadonida narkolaboratoriya aniqlanib, bu yerda 7 kg 226 gr “opiy” topilgan.

Boshqa holatda esa Qo‘qon shahri hududida harakatlanayotgan, mahalliy fuqaro boshqaruvidagi Lacetti mashinasi to‘xtatib ko‘zdan kechirilgan. Mashinadan 5 kg 22 gr “opiy” moddasi chiqqan (34 ming AQSh dollariga sotib olingani ma’lum bo‘ldi). Tezkor tadbir davom ettirilib, Lacetti haydovchisiga narkotikni sotgan hamshahri va uning jinoiy sherigi — Tojikiston fuqarosi qo‘lga olingan. Bundan tashqari, tojikistonlik fuqaroning O‘zbekiston tumanidagi xonadonidan ham 2 kg 362 gr “opiy” moddasi topilgan.

Qo‘qon shahrida qayd etilgan yana bir holatda esa Nexia avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganida uning yo‘lovchisiga tegishli sumkadan 982 gr “gashish” moddasi chiqqan. Ma’lum bo‘lishicha, u giyohvand moddani muqaddam tojikistonlik narkokur’yerlar Qo‘qon shahri hududiga yashirib ketgan xufiya joydan olgan.

Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 2000-y.t. shaxs Tojikistondan olib kelingan 989 gr “gashish” moddasini xaridorga 150 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring