Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lacetti» bakidan 11 kilodan ziyod narkotik chiqdi

«Lacetti» bakidan 11 kilodan ziyod narkotik chiqdi

Videodan skrinshot

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi «Ravot» chegara-bojxona postiga Tojikistondan kirib kelgan «Lacetti» avtomobili bakiga yashirilgan ko‘p miqdordagi giyovand moddalar fosh etildi.

Mashina haydovchisi (1979-y.t.) viloyatning O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaro.

Tekshiruv chog‘i avtomashinaning yoqilg‘i baki ichiga sof og‘irligi 10 kg 739 gr gashish, 412 gr marixuana va 35 gr opiy giyohvandlik vositalari hamda 6 945 dona «Royal» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari yashirilganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur shaxs qamoqqa olinib, holat yuzasidan JK 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov doirasida uning jinoiy aloqalarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring