Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bojxonada fosh qilingan narkotik ortidan 7 kishi qo‘lga olindi. Ulardan biri 13 yoshda

Bojxonada fosh qilingan narkotik ortidan 7 kishi qo‘lga olindi. Ulardan biri 13 yoshda

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va «Navoiy» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ko‘p bosqichli tezkor tadbirda giyohvandlik vositalarini nafaqat respublikamizga olib kirish balki tarqatishgacha bo‘lgan jarayonlarning barcha ishtirokchilari qo‘lga olindi.

«Navoiy» chegara bojxona postiga o‘zi boshqaruvidagi avtotransport vositasida Rossiyadan o‘zgalarning yukini olib kelayotgan 25 yoshli haydovchi tirkamadagi avtomobil ehtiyot qismi orasiga xufiya tarzda 5 dona o‘ramlar yashirilganidan mutlaqo bexabar edi. Mazkur o‘ramlarda esa dastlabki vazni o‘rami bilan hisoblaganda 2,3 kg. «mefedron» sintetik giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Rejaga ko‘ra, yukni qabul qilib oluvchi shaxs O‘rtachirchiq tumanidagi qabristonlardan birining atrofiga mazkur o‘ramlardan ikkitasini ko‘mib qo‘yishi va ushbu manzil havola orqali boshqa shaxslar giyohvandlik vositalarini olib ketishlari kerak edi. Tezkor tadbirda ushbu jarayonlar kombinatsiyalashtirildi va tuzoqqa ilingan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Qarang-ki, giyohvandilk vositalarini qabul qilib oluvchi oxirgi shaxslar 49 yoshli ayol va uning endigina 13 yoshga to‘lgan qizi bo‘lib chiqdi. Ushbu shaxslar vaqtinchalik yashab kelayotgan Yashnabod tumanidagi xonadon ko‘zdan kechirilganda esa bu yerda giyohvandlik vositalarini qadoqlashda foydalaniladigan 3 dona elektron tarozi, respiratorli niqoblar, izolenta, marker va 38 dona plastik bo‘sh qutilar borligi aniqlandi.

Sodda qilib aytganda, sintetik giyohvandlik vositalari shu yerdan turib mayda partiyalarga taqsimlanib, qadoqlangan va turli lokatsiyalar bo‘yicha yashirincha tarqatilgan.

Tezkor surishtiruvlarga ko‘ra 49 yoshli ayol internetdagi narkodo‘kon yurituvchilarining omborchisi sifatida 3 oydan beri faoliyat yuritgan va ushbu muddat davomida Toshkent shahri bo‘ylab taxminan 5 kg ga yaqin giyohvandlik vositalarini qabul qilib, «zakladchik»lari orqali tarqatgan.

Jumladan,  uyushgan guruh tomonidan Bektemir tumanidagi 3 ta manzil havola bo‘yicha turli joylarga jami 171 gr. «gashish» giyohvandlik vositasi «zakladka» usulida ko‘mib qo‘yilganligi ham tezkor tadbir davomida fosh qilindi. Avtomobil ehtiyot qismi ichidan chiqqan o‘ramlarning qolganlari bo‘yicha ham tezkor tadbir davom ettirildi.

Mazkur o‘ramlarni oldindan berilgan havola orqali O‘rtachirchiq tumanidagi qabristonlardan birining atrofida ko‘milgan joyidan olishga kelgan yana bir fuqaro qo‘lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring