Sirdaryoda 4 yigit suvga tushib ketgan mashina ichida qolib halok bo‘ldi
Sirdaryo viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘rt nafar – 19-20 yoshlardagi yigitlar halok bo‘ldi. Ular voqea sodir bo‘lgan kuni futboldan qaytishayotgan bo‘lgan.
Millar dasturida xabar berilishicha, joriy yilning 26-dekabr kuni taxminan soat 21:30 da 2001-yilda tug‘ilgan haydovchi stadiondan to‘rt nafar tanishini olib, ularni manzillariga yetkazish maqsadida yo‘lga chiqqan. Harakat davomida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil yo‘lovchilari bilan birga kanalga tushib ketgan.
Haydovchi cho‘kayotgan avtomobildan chiqishga muvaffaq bo‘lgan va hozirda shifoxonada qolmoqda.
Avtomobilda bo‘lgan to‘rt nafar yigit esa mashinadan chiqa olmay suvga cho‘kib halok bo‘lgan. Ularning barchasi bir mahallada yashagani aytilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi – odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter