Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda mast holda tez yordam mashinasini boshqargan haydovchi jazolandi

Surxondaryoda mast holda tez yordam mashinasini boshqargan haydovchi jazolandi

Videodan kadr

Surxondaryoda tez yordam mashinasini mast holda boshqargan haydovchi aniqlandi. Bu haqda «Millar» dasturi xabar berdi.

62 yoshli erkak Angor tumani tibbiyot birlashmasida haydovchi bo‘lib ishlab kelgan. U joriy yilning 14 may kuni ish vaqtida — soat 21:11 lar atrofida o‘ziga biriktirilgan Damas rusumli xizmat avtomashinasini Angor tumani hududida spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda boshqarib yurgani aniqlangan.

Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Bayonnoma to‘plangan hujjatlar bilan birga jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudiga yuborildi hamda ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzar uch yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, unga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida, ya’ni 16 million 480 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring