Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda bojxona posti inspektori tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Toshkentda bojxona posti inspektori tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Foto: Anhor

Bojxona postida bojxona xodimi ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi «Keles» temir yo‘l chegara bojxona posti inspektori O.S. fuqaro A.Z.dan Respublika hududiga aylanma yo‘llar bilan olib kirilgan 10 dona «IPhone» rusumli uyali aloqa vositalarini boshqa fuqarolarning pasport ma’lumotlaridan foydalanib, ularning nomiga bojxona hujjatlarini rasmiylashtirib, IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazib berishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring