Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yil boshidan buyon avtohalokatlarda 3,3 ming kishi jabrlandi

O‘zbekistonda yil boshidan buyon avtohalokatlarda 3,3 ming kishi jabrlandi

Foto: istock

2026 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 2 286 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrida — 420 ta, eng kami esa Buxoro viloyatida — 48 ta qayd etilgan.

YTHlar oqibatida jabrlanganlar soni 3 306 nafarni tashkil etdi. Qo‘mita vafot etganlar sonini ochiqlamagan.

Avtohalokatlar soni hududlar kesimida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 114 ta;
  • Andijon viloyati — 160 ta;
  • Buxoro viloyati — 48 ta;
  • Jizzax viloyati — 75 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 135 ta;
  • Navoiy viloyati — 83 ta;
  • Namangan viloyati — 196 ta;
  • Samarqand viloyati — 311 ta;
  • Surxondaryo viloyati — 120 ta;
  • Sirdaryo viloyati — 50 ta;
  • Toshkent viloyati — 271 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 218 ta;
  • Xorazm viloyati — 85 ta;
  • Toshkent shahri — 420 ta.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring