O‘zbekistonda yil boshidan buyon avtohalokatlarda 3,3 ming kishi jabrlandi
2026 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 2 286 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahrida — 420 ta, eng kami esa Buxoro viloyatida — 48 ta qayd etilgan.
YTHlar oqibatida jabrlanganlar soni 3 306 nafarni tashkil etdi. Qo‘mita vafot etganlar sonini ochiqlamagan.
Avtohalokatlar soni hududlar kesimida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 114 ta;
- Andijon viloyati — 160 ta;
- Buxoro viloyati — 48 ta;
- Jizzax viloyati — 75 ta;
- Qashqadaryo viloyati — 135 ta;
- Navoiy viloyati — 83 ta;
- Namangan viloyati — 196 ta;
- Samarqand viloyati — 311 ta;
- Surxondaryo viloyati — 120 ta;
- Sirdaryo viloyati — 50 ta;
- Toshkent viloyati — 271 ta;
- Farg‘ona viloyati — 218 ta;
- Xorazm viloyati — 85 ta;
- Toshkent shahri — 420 ta.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter