Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

9 ta tashkilotning tuman (shahar) bo‘linmalari hokimlik tuzilmasiga o‘tkaziladi

9 ta tashkilotning tuman (shahar) bo‘linmalari hokimlik tuzilmasiga o‘tkaziladi

2026-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)» maqomidagi 33 ta hamda Surxondaryo viloyatining qolgan barcha tuman (shahar)larida 9 ta tashkilotning bo‘linmalari hokimlik tuzilmasiga o‘tkaziladi.

Bu joriy yil 21-oktyabrda qabul qilingan «Hududlarni barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-186 farmon bilan belgilab qo‘yildi.

Mazkur 9 ta tashkilot quyidagilar:

  1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
  2. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
  3. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
  4. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
  5. Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
  6. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
  7. Madaniyat vazirligi;
  8. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi;
  9. Yoshlar ishlari agentligi;

Qayd etilishicha, bunda tuman (shahar) hokimliklarida boshqaruvning ixcham va natijadorlikka yo‘naltirilgan samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring